×

Toshkentdagi yangi qurilgan ko‘p qavatli binoda xonadonni ishonchli quruvchidan sotib olish nimasi bilan qulayligini bilasizmi? Shinam uy-joy bilan bir qatorda siz avtomatik ravishda O‘zbekiston poytaxtida doimiy yashash huquqini olasiz. Sotuvchi kompaniyaning ishonchliligini qanday aniqlashni bilasizmi? Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uylar, boshqa xaridorlarning baholari va quruvchi kompaniya birgalikda ishlaydigan hamkorlari ro‘yxati buning isbotidir.

SolidStroy — katta tajribaga va malakali mutaxassislar shtatiga ega kompaniya. Biz O‘zbekistondagi yangi qurilgan binolardan xonadonlar sotib oluvchilar uchun maqbul sharoitlarni taklif etamiz, buni yuzlab mamnun mijozlar ham tasdiqlamoqda.

Toshkentdagi ko‘p qavatli yangi binolar: afzallik jihatlarimiz

SolidStroy qurilish kompaniyasi Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ko‘p xonadonli turar-joy binolarini qurish bilan bir necha yillardan buyon shug‘ullanadi. Qurilish uchun infratuzilma yaxshi rivojlangan hududlarni tanlaymiz. Bunday yondashuv ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar uchun nisbatan pastroq narx qo‘yish imkonini beradi.

Turar-joy binolarini qurishda mutaxassislarimiz ilg‘or texnologiyalarni qo‘llaydi va zamonaviy bozordagi eng yaxshi materiallardan foydalanadi. Bizning ko‘p qavatli uylarimizda uning egalari o‘rniga bir qator odatiy vazifalarni bajaradigan “Aqlli uy” tizimi qo‘llaniladi. Qayd etish joziki, ko‘p qavatli uylarni qurishda inshootlarni tabiiy ofatlardan yuqori darajada himoya qiladigan texnologiyadan — 9 balli seysmik chidamlilikdan foydalaniladi.

2021-yilga kelib kompaniya aktivida Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida qurib, foydalanishga topshirilgan 10 ta ko‘p qavatli yangi binolar mavjud edi. Umumiy maydon 30 000 kv. m., xonadonlar soni esa 450 tani tashkil etadi. Xaridorlarga yengillik yaratish maqsadida nafaqat hamyonbop narxlarni belgilaymiz, balki ko‘p qavatli uylarni ipoteka asosida sotib olishni ham taklif qilamiz.

Bugungi kunda kompaniya ko‘p qavatli uylarni loyihalashtirish va qurishni davom ettirmoqda. Bizning shartlarimiz Toshkent yoki O‘zbekistonning boshqa shaharlarida zamonaviy arzon xonadonlar sotib olish istagida bo‘lgan barchani qiziqtirishiga ishonchimiz komil. Fotogalereyamiz bilan tanishib chiqing, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun esa tegishli bo‘limda ko‘rsatilgan kontaktlar orqali qo‘llab-quvvatlash markazidagi mutaxassislarga murojaat qiling.

Takliflaringizni kutamiz

Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, SolidStroy oilangiz uchun eng yaxshisi.